Damas uchun kontraktatsiya ochiladi
Ertaga, 23 aprel kuni soat 10:00 da Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.
Qayd etilishicha, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov belgilangan muddatga qadar amalga oshirilmasa, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, muntazam kontraktatsiyaga qayta qo‘yib boriladi.
Xaridorlarga Damas modeli uchun avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan hajmlar yana qayta taqdim etiladi. 23 aprel kuni soat 10:00 da mazkur hajm uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.
Avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolishi ma’lum qilingan.
Damas avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter