Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAuto Motors» ishi yana sudda ko‘riladi

«UzAuto Motors» ishi yana sudda ko‘riladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar sudining shu yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan keltirgan apellyasiya shikoyatini sud qabul qildi. Bu haqda «Kun.uz»ning Oliy suddagi manbasi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudi «UzAuto Motors» ishini qayta ko‘rib chiqadi. 

Eslatib o‘tamiz, «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha shu yilning 30-oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring