Xitoy avtomobil savdosi bo‘yicha dunyoda mutlaq yetakchiga aylandi
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy yengil va yengil tijorat avtomobillari savdosi bo‘yicha AQShni sezilarli farq bilan ortda qoldirib, jahonda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Avtostat» agentligi GlobalData ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
GlobalData tadqiqotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab jami 91,9 million dona yengil va yengil tijorat avtomobillari sotilgan. Bu 2024-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,6 foizga ko‘p demakdir.
Bozordagi asosiy ko‘rsatkichlar:
- Xitoy: 26,8 mln dona (AQShdan 10,5 mln donaga ko‘p);
- AQSh: 16,3 mln dona;
- G‘arbiy Yevropa: 13,4 mln dona;
- Sharqiy Yevropa: 4,6 mln dona.
Tahlilchilar Janubiy Amerika mintaqasidagi yuqori sur’atlarni alohida qayd etishmoqda. Mazkur mintaqada 3 milliondan ortiq avtomobil sotilgan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 8,8 foizlik o‘sish yoki dunyo bo‘yicha eng yuqori dinamik ko‘rsatkichdir.
Shuningdek, rivojlangan bozorlarda ham barqaror o‘sish kuzatilgan: Janubiya Koreyada 3,5 foiz, Yaponiyada 3,3 foiz va Kanadada 3,2 foizlik ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter