Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

200 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Novosibirsk aeroportida qolib ketmoqda

200 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Novosibirsk aeroportida qolib ketmoqda

Novosibirskdan O‘zbekistonga uchishi rejalashtirilgan samolyotning parvozning kechiktirilgani oqibatida 200 nafarga yaqin yurtdoshimiz bir necha kundan buyon aeroportda qolib ketmoqda.

Bu haqda «Xabar.uz»ga hodisa joyidan ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Novosibirskdan O‘zbekistonga rejalashtirilgan parvozlar noqulay ob-havo sharoiti sababli vaqtincha bekor qilingan.

Ikki kun avval «Dunyo» AA tomonidan Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxona xodimlari «Tolmachevo» xalqaro aeroportiga yetib borib, O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashib, vaziyat haqida to‘liq ma’lumot olgani, Novosibirsk viloyati Transport prokuraturasi, «S7 Airlines» aviakompaniyasi, «Tolmachevo» xalqaro aeroporti rahbariyati bilan muloqot olib borilib, qoldirilgan parvozni tezkor tarzda tiklash chorasi ko‘rilgani, xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Namangan» xalqaro aeroporti vakillaridan parvozni amalga oshirishga ruxsat beruvchi zarur ma’lumotlar taqdim etilishiga ko‘maklashilgani va ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida «Novosibirsk-Namangan» yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvoz tiklanib, 160 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilingandi.

«Xabar.uz»ga murojaat qilinishicha, ushbu aeroportdan boshqa yana bir parvoz amalga oshirilmay qolgan. Aeroport hududida to‘planib qolayotgan yo‘lovchilar soni ortmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring