Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aeroportdagi qo‘ziqorinlarning «siri» oshkor bo‘ldi

Aeroportdagi qo‘ziqorinlarning «siri» oshkor bo‘ldi

Foto: Xavfsizlik

Tarkibida psixoaktav va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi. 

​DXX va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Bangkok – Toshkent» yo‘nalishida uchib kelgan fuqaroning yuklari tegishli tartibda rentgen apparati orqali tekshiruvdan o‘tkazildi.

​Natijada yuklar orasida shubhali oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlanib, ular ochib ko‘rildi.

​Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 2002-y.t., muqaddam sudlangan mazkur shaxs turli oziq-ovqat mahsulotlari niqobi ostida 978 gr kannabis moyi va tarkibida psixoaktiv modda bo‘lgan taxminiy og‘irligi 500 gr. ni tashkil etuvchi qo‘ziqorinlarni kelgusida sotish maqsadida olib kelgan.

​Boshqa holatda esa Toshkent tumani hududida harakatlanayotgan «Damas» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona viloyatining Oltiariq hamda Uchko‘prik tumanlarida yashovchi, 1987 va 1989-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxsga tegishli polietilen paketlarda tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 12 992 dona kofe mahsulotlari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

​Aniqlanishicha, ular qo‘shni respublikadan olib kelingan ushbu mahsulotlarni kelgusida Farg‘ona viloyatida sotmoqchi bo‘lishgan.

​Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring