Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amir Temur xiyobonida nimalar sodir bo‘ldi? IIBB izoh berdi

Amir Temur xiyobonida nimalar sodir bo‘ldi? IIBB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Amir Temur hiyobonida ko‘plab fuqarolar to‘planganligi aks etgan videotasvir yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda Toshkent shahriga Instagram va Youtube ijtimoiy tarmoqlarida «Subo» nomi bilan tanilgan bloger – 1999 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Mamedov Subxan Murad o‘g‘li tashrif buyurgan. Bundan oldinroq u o‘zining sahifasida tez orada Toshkentda bo‘lishini va obunachilari bilan uchrashib, ularga pul tarqatishini ma’lum qilgan. Poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida Mamedov S.ni kutib olish uchun 150-200 ga yaqin fuqarolar yig‘ilgan.

Hozirgi kunda epidemiologik vaziyatni inobatga olib, yurtimizda karantin cheklovlari o‘rnatilganligi sababli, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan fuqarolarga karantin qoidalariga rioya etishlari hamda ommaviy ravishda to‘planmasliklari tushuntirilgan va fuqarolar tarqatilgan.

Bloger Mamedov S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Mazkur voqeada qonun buzilishi holatlari va tartibsizliklar yuz bermagan.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarimizdan bunday mazmundagi chaqiriqlarga uchmasliklarini va karantin qoidalariga rioya etgan holda ommaviy ravishda to‘planmasliklarini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring