Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portladi: ikki kishi jarohatlandi

Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portladi: ikki kishi jarohatlandi

Andijon shahridagi to‘qqiz qavatli turar joy binolaridan birida gaz portlashi sodir bo‘lib, ikki nafar fuqaro jarohat oldi. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 11 fevral kuni soat 00:00 atrofida Andijon shahrining «Nodirabegim» mahallasida joylashgan to‘qqiz qavatli uyning oxirgi qavatidagi xonadonda yuz bergan.

Portlash natijasida ikki kishi tan jarohati olgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa xonadonlarga jiddiy zarar yetmagan, yong‘in sodir bo‘lmagani qayd etilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash vaqtida binoning tashqi qismidagi ayrim bo‘laklar va oynalar hovliga sochilib tushgan.

Voqea joyiga Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yetib borib, pod’yezdda yashovchi barcha aholini bino to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar mehmonxonaga joylashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergan.

Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring