Andijonda maktab o‘quvchici 3 tengdoshini jarohatladi

Joriy yilning 22 sentyabr kuni soat 13:20da M. ismli yigit Andijon shahridagi 2-maktab oldida 3 nafar tanishi bilan ko‘rishib, gaplashib olish uchun kafe yoniga o‘tishadi.
Andijon viloyati IIB xabariga ko‘ra, u yerda o‘zaro kelishmovchilik sababli yigitlar o‘rtasida janjal yuzaga keladi. Oqibatda M. yonidagi yig‘ma pichoq bilan 3 nafar tengdoshiga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter