AQShda osmono‘par binoni portlatishdi (video)

Kentukki shtatining poytaxti Frankfort shahridagi 28 qavatli bino — «Capital Plaza» boshqariladigan portlatgichlar yordamida sanoqli soniyalarda buzib tashlandi. «Reportyor»ning xabar berishicha, bino 1972-yili qurilgan edi.
Ko‘plab ofislar joylashgan bu binodan oxirgi paytlarda sirtqi qoplamalari ko‘chib tushib xavf tug‘dirayotgandi. Shuningdek, kanalizatsiyasida ham muammolar bo‘lgan.
Binoni buzishga 680 kilogramm portlatgich ishlatilgan.
Amerikaliklar tadbirkor xalq: detonatorning tugmasini bosish huquqi 15 ming dollarga sotildi va tushgan pullar yetim bolalar uchun xayriya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter