Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorda «Lacetti»ning gaz balloni portladi. Qurbon bor

Bozorda «Lacetti»ning gaz balloni portladi. Qurbon bor

Farg‘ona viloyati Rishton tuman markazida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun 27 iyun kuni Rishton tuman markazidagi dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan. «Lacetti» rusumli avtomashinaning 52 yoshli haydovchisi transport vositasini bozor hududiga qo‘yib, o‘zi savdo qilish uchun ichkariga kirib ketgan.

Shu vaqtda, avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlab, yong‘in kelib chiqqan. Portlash oqibatida, shu yaqin atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

IIBga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring