Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda 4 balli zilzila kuzatildi

Buxoroda 4 balli zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 06.11.2022 08:56 da (06.11.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 03:56 da) zilzila sodir bo‘ldi.

Epitsentr: Buxoro viloyati, Peshko‘ tumani. Zilzila koordinatalari: 40,74 gradus shimoliy kenglik; 63,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila yepitsentri Toshkentdan 472 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Peshko‘ tumanida 4 ball, 26 km.
Shofirkon tumanida 2-3 ball, 66 km.
Konimex tumanida 2 ball, 90 km.
Jondor tumanida 2 ball, 91 km.
Romitan tumanida 2 ball, 95 km.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring