Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda erkak 22 yoshli xotinining umriga zomin bo‘ldi

Buxoroda erkak 22 yoshli xotinining umriga zomin bo‘ldi

Buxoroda erkak turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi.

Bildirilishicha, ushbu oila erkakning uchinchi turmushi bo‘lib, ayolning esa to‘rtinchi eri sifatida qayd etilgan bo‘lgan.

Joriy yilning 30 iyul kuni Buxoro tumani, Mustaqillik mahallasida turmush qurib, yashab kelayotgan asli qashqadaryolik bo‘lgan 22 yoshli ayol K. R. eri D.A. tomonidan sodir etilgan qotillik qurboni bo‘lgan. Ayolni turmush o‘rtog‘i xiyonat ustida ushlab, pichoqlab parchalab tashlagani aytilmoqda. Fuqaro D.A. turmush o‘rtog‘i K.R.ni oshxona pichog‘i bilan urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat Prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring