Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozda tug‘ilgan egizaklarga Shavkat, Miromon va Ziroatxon ismlari berildi

Chinozda tug‘ilgan egizaklarga Shavkat, Miromon va Ziroatxon ismlari berildi

Illyustrativ surat.

Foto:«Zamin.uz»

Chinoz shahridagi Istiqlol ko‘chasi, 71-uyda yashovchi Hurmatilla va Tobonoy Mo‘minovlar bir yo‘la uch farzandlik bo‘lishdi. 23-iyul kuni dunyoga kelgan chaqaloqlarga Shavkat, Miromon va Ziroatxon ismi berildi. Bu haqda «Oltin voha» Telegram kanali xabar berdi. 

Oilaning avval ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi bo‘lgan. Endilikda farzandlar 6 nafar bo‘ldi.

Avvalroq, Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Abdusamat Asqarov oilasida ham uch farzand  dunyoga kelgan va ularga Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yilgandi. 

Uch egizaklarga «Cobalt» avtomobili sovg‘a qilish ancha urfga aylangan edi. Masalan,Toshkent, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda tug‘ilgan egizaklarga avtomobil berilgandi.

Shuningdek, fevral oyida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari tomonidan «Cobalt» ishlab chiqarish to‘xtatilishi ham ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring