Dam olish kuni havo 45 darajagacha isiydi

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 8-iyul kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +24 ... +26 daraja, kunduzi +41 ... +43 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +24 ... +29 daraja, kunduzi +38 ... +43 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +25 ... +30 daraja, kunduzi +40 ... +45 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +24 ... +29 daraja, kunduzi +38 ... +43 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +25 ... +30 daraja, kunduzi +40 ... +45 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +20 ... +25 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20, kunduzi +28 ... +33 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +24 ... +29, kunduzi +38 ... +43 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter