Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona kanalidan murda topildi

Farg‘ona kanalidan murda topildi

Farg‘ona kanalida odam murdasi oqib kelganligi haqidagi xabarlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Bag‘dod tumani, Qatag‘on mahallasida yashovchi fuqaro O‘.T. Samandarak MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Katta Farg‘ona» kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketgan.

28 iyun kuni O‘.T.ning murdasi tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarsiz O‘zbekiston tumani, Zinasha mahallasi hududidan oqib o‘tgan «Katta Farg‘ona» kanalidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring