Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada ayanchli YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada ayanchli YTHda uch kishi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida «Damas» va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan ayanchli YTH videosi tarqaldi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida «Damas» va «DAF» rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Damas»ning ikki yo‘lovchisi voqea joyida, haydovchi esa shifoxonada vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring