Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi muzeyda yong‘in chiqdi. Ayrim eksponatlar zararlangan

Farg‘onadagi muzeyda yong‘in chiqdi. Ayrim eksponatlar zararlangan

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozitsiya zalida joriy yilning 11-aprelida yong‘in sodir bo‘lgan.

Kun.uz nashri manbasiga ko‘ra, jamoatchilikdan sir tutilgan yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari tomonidan yasalgan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan (nashr eksponatlarning yong‘indan avvalgi suratlarini ilova qilgan, –tahr.).

Xabar.uz manbasi yong‘inda ikki eksponatning qisman zararlangani va qolganlariga zarar yetmagani haqida ma’lumot bermoqda. Aytilishicha, holat hozirda prokuratura organlari tomonidan o‘rganilyapti.

Madaniy meros agentligi axborot xizmati esa yaqin soatlarda holat yuzasidan rasmiy munosabat berilishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning yozida mazkur muzey tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan va natijalariga ko‘ra, muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rangtasvir asarlari) qalbakilashtirilgani, budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd so‘m mablag‘ning 1,4 mlrd so‘mi mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani va yana boshqa qator jinoyatlar sodir etilgani aniqlangan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring