Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi

Jizzaxda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi

Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati

Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Abdusamat Asqarov oilasida bir yo‘la uch o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Uch egizak chaqaloqqa  Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi, deyiladi xabarda.

«Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda», deydi hamshira Qunduz Azimova.

Samarqand shahrining «Ilmobod» mahallasida yashovchi Mo‘yin Vohidov va Sabina Haydarovalar oilasida dunyoga kelgan uch egizaklarga Shavkat, Miromon va Ziroatxon deb ism qo‘yilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring