Moskva — Buxoro yo‘nalishidagi samolyot favqulodda qo‘ndirildi

Kecha, 11-mart kuni Moskva — Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha 608-sonli HY 608 qatnovini bajarayotgan «Boeing 767» havo kemasi yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani bois, Samara shahri aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.
MAK axborot xizmatining xabariga ko‘ra, «Kurumoch» aeroportida O‘zbekiston fuqarosiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va Samara shahridagi klinikalardan biriga joylashtirildi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining «Boeing 767» layneri ekipaji mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da belgilangan yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirdi va Toshkent vaqti bilan 22:41 da «Buxoro» xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter