Namanganda 14 yoshli haydovchi maktab o‘quvchisini bosib ketdi
20-may kuni Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan bola (tumandagi 5-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi) «Vaz-2106» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida ketayotgan piyoda, 2008 yilda tug‘ilgan X.B.ni urib yuborgan.
YTH natijasida, piyoda X.B. og‘ir tan jarohatlari olganligi sabab shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, YHXBB xabarida.
Avvalroq, Sirdaryodagi ayanchli YTHda besh kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter