Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda 6 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Namanganda 6 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yil 25 aprel kuni soat 15:30 larda, Namangan shahar Olvalizor mahallasi Marg‘ilon ko‘chasida «VAZ-2106» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lga yugurib chiqqan 2015 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, piyoda olgan tan jaroxati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring