Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi kuchli sel oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

Navoiydagi kuchli sel oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

FVV Navoiy viloyatida kuzatilgan sel-suv oqimlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

21-may kuni Navoiy viloyatining Xatirchi, Karmana va Nurota tumanlarining tog‘li va tog‘ oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel-suv oqimlari yuzaga kelgan. 

Xususan, Xatirchi tumanida avtomobil yo‘lining bir qismi xarsang toshlar bilan to‘silib qolishi natijasida 4 ta «Neksiya-1», «Kobalt», «Neksiya-3» va UAZ rusumli avtomobillar va bir nechta uy-joylar sel oqimlaridan zarar ko‘rgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylari yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga ko‘chirilgan. 

Karmana tumanida sel suvlari 7 ta aholi xonadonining tomorqa maydoni va qo‘shimcha qurilmalariga kirgan. 

Nurota tumanining ayrim hududlarida ham sel oqimlari qayd etilgan. Sel suvlari sel yo‘llaridan zararsiz o‘qib o‘tgan. 

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida jami 37 ta maxsus texnika va 173 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan. 

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, aholi xonadonlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlariga jiddiy zarar yetmagan. Tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. 

Hozirda Navoiy viloyati FVB hamda FVDT xizmatlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVV xabarida

Ayni paytda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hududlarda monitoring ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring