Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niqob taqmagani uchun to‘xtatilgan qiz qidiruvdagi gumondor bo‘lib chiqdi

Niqob taqmagani uchun to‘xtatilgan qiz qidiruvdagi gumondor bo‘lib chiqdi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

18-may kuni poytaxtdagi «Qo‘yliq» dehqon bozori yaqinida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tibbiy niqob taqmagan qiz to‘xtatilgan.

Aniqlanishicha, u 2020-yilning 27-dekabr kunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida («Firibgarlik») ko‘rsatilgan hatti-harakatlarni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan Aziza M.  bo‘lgan. 

Fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring