Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda ijarada yashovchi talaba is gazidan vafot etdi

Nukusda ijarada yashovchi talaba is gazidan vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasida is gazi bilan bog‘liq fojia yuz berdi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, 2021-yil 24-noyabr kuni soat 07:00larda Nukus shahri, 22-kichik tuman 8/6-uy, 43-xonadonda ijarada yashovchi, Nukus davlat pedagogika instituti talabasi R.R (erkak) xonadonda o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan marhum R.R. nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning boshlarida Toshkentning Yunusobod tumanida ijarada yashayotgan besh nafar talaba is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring