Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ayanchli hodisa ro‘y berdi. 18 yoshli yigit mashinani hujjatsiz boshqarib, ona-bolani bosib ketdi

Toshkentda ayanchli hodisa ro‘y berdi. 18 yoshli yigit mashinani hujjatsiz boshqarib, ona-bolani bosib ketdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 4-sentyabr kuni taxminan soat 11.00 da Shayxontohur tumani Shofayiz ko‘chasida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 18 yoshli Bekzod Yu. ikki nafar piyodalarni urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘liga o‘tib, 51 yoshli Ma’rufjon K. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobiliga to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

YTH natijasida piyodalar – 22 yoshli N.M. (K.) va uning ikki yoshli qizi N.K.lar voqea joyida hayotdan ko‘z yumdilar.

Avtomobil haydovchilari esa shifoxonaga yetkazilgan.

YTH fakti asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring