Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oqdaryoda yo‘lovchi tashuvchi avtobus pastlikka ag‘darildi (foto)

Oqdaryoda yo‘lovchi tashuvchi avtobus pastlikka ag‘darildi (foto)

Foto: IIV YHXBB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27-dekabr kuni soat 17:00 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tgan M 37 avtomobil yo‘lining 14-kilometrida «Samarqand-Kattaqo‘rg‘on» yo‘nalishida ketayotgan «Isuzu» rusumli yuk avtomobili yo‘lovchi tashuvchi avtobusning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida avtobus o‘ng tomondagi pastlikka ag‘darilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, avtobusdagi yo‘lovchilardan biri tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga rioya qilib, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda oraliq masofani saqlab harakatlanish so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring