Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda katta miqdorda soliq to‘lamagan Ispaniya fuqarolari Turkiyaga qochib ketdi

O‘zbekistonda katta miqdorda soliq to‘lamagan Ispaniya fuqarolari Turkiyaga qochib ketdi

Foto: «Sputnik»

O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Angren» TIF bojxona posti xodimlari tomonidan «Bojxona ombori»da saqlanayotgan tovarlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, Litva Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi «CORSAN CORVIAM CONSTRUCCION S.A» va «CORSAN CORVIAM ASIA PROJECTS» MChJ nomiga 2014 -yil 29-avgustdan — 2015-yil 31-yanvarga qadar jo‘natilgan yarim tonnaga yaqin, 7 partiyadagi, jami qiymati — 423.117.84 AQSh dollari yoki 1.004.238.456.10 so‘m bo‘lgan tovarlar (Markaziy bankning rasmiylashtirilgan kunidagi kursi bo‘yicha teng bo‘lgan tovarlar) «Angren» TIF bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Ushbu bojxona yuk deklaratsiyasi bilan rasmiylashtirilgan tovarlar haqiqatda mavjud emasligi to‘g‘risida post xodimlari tomonidan 2017-yil 14-15-noyabr kunlari dalolatnoma tuzilgan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining so‘rovnomasiga asosan yuborilgan Toshkent shahar Davlat soliq inspeksiyasining javob xatida «CORSAN CORVIAM ASIA PROJECTS» MChJning faoliyati hozirgi kunda to‘xtatilgani ma’lum qilingan.

Toshkent viloyati Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Bojxona statistikasi va tahlil bo‘limidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «CORSAN CORVIAM CONSTRUCCION S.A» va «CORSAN CORVIAM ASIA PROJECTS» MChJ ta’sischilari Ispaniya fuqarolari A.L.K.M. 2014-yil 6-oktabrda hamda G.M.S. 2014 yil 12 oktyabrda «Toshkent» xalqaro aeroporti orqali O‘zbekiston Respublikasi hududidan Turkiya davlatiga chiqib ketgan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, yuqorida keltirilgan 7 partiyadagi tovarlardan undirilishi kerak bo‘lgan bojxona to‘lovlari 892.937.380.07 so‘mni tashkil etmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan 2018-yil 6-fevral kuni Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat ishi tergovga tegishliligiga ko‘ra yuborish masalasini hal etish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring