Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Piyodani urib qochib ketgan qora Malibu topildi

Piyodani urib qochib ketgan qora Malibu topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tongda Toshkentda qora Malibu katta tezlikda piyodani urib voqea joyidan qochib ketgani, 45 yoshli shaxs voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, bugun, 11 may kuni soat 04:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasi Oq-tepa lavash binosi qarshisida 2004 yilda tug‘ilgan (erkak) S.A.  Malibu 2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1979 yilda tug‘ilgan Yu.J.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring