Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxt prokurori xaloskor qo‘shnilarni siyladi

Poytaxt prokurori xaloskor qo‘shnilarni siyladi

Foto: Toshkent shahar prokuraturasi

Ikki hafta burun Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uyning 5-qavati derazasida yosh bola osilib qolgani va pastlikka tushib ketgani xabari berilgandi. Qo‘shnilarning sa’y-harakati bilan hayoti saqlab qolingan yigitchaning ahvoli haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus axborot berganidan ham boxabarsiz.

Ayni voqelikni Toshkent shahar prokurori B.Valiyev yon daftariga alohida qayd qilib qo‘ygan ekan. Kecha o‘sha manzil — Olmazor tumanining Beruniy dahasidagi bir tadbir o‘tdiki, shu bahonai sabab bo‘lib prokuror vakillarini jo‘natdi.

Mahkama vakillari tadbir jarayonida bolajonni borib ko‘rdi, hadyalar berildi. O‘ta qaltis vaziyatda fuqarolik burchi va javobgarligi, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatini ko‘rsatgan qo‘shnilarga ham Toshkent shahar prokurorining minnatdorchilik xati va sovg‘asi topshrildi.

Foto: Toshkent shahar prokuraturasi

Toshkent shahar prokurori katta yordamchisi Sevara Saidjonovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, gap sovg‘a yoki bir enlik xatdagina emas, balki e’tiborda! Zero, oddiygina e’tibor qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi mehr-oqibatni yanada mustahkamlashga turtki bo‘ladi. Oqibatsiz hayotda mazmun bo‘ladimi, axir?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring