Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Qamchiq dovonida «shubhali shaxslar» ushlandi: tafsilotlar

Qamchiq dovonida «shubhali shaxslar» ushlandi: tafsilotlar

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Qamchiq dovonida giyohvand modda olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

2026-yil 19-sentyabr kuni «Namangan» YPX maskanida YHXXning «Qamchiq» dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan «Vodiy–Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Nexia-2» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan, 2004-yilda tug‘ilgan N.U.ning xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida N.U.ning og‘iz bo‘shlig‘idan sellofanga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli «gashish» giyohvandlik moddasiga hamda oq rangli kukunsimon «mefedron» moddasiga o‘xshash vositalar aniqlangan.

Mazkur holat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, aniqlangan moddalar hamda avtomobilda bo‘lgan fuqarolar Pop tumani IIBga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring