Qarshida yana «ishkal». Navbatdagi video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida sodir bo‘lgan navbatdagi janjal videosi tarqaldi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 14 avgust kuni tuman markazida joylashgan «Sim-Sim» savdo markazida soat taxminan 22:00larda Qarshi tumanida yashovchi O.Q. va sherigi X.Yo. bilan birga o‘tirib ovqatlanib, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilib, «Sim-Sim» savdo markazidan soat taxminan 00:00larda tashqariga chiqqan.
Savdo markazi oldida o‘tirgan fuqarolar A.F., R.R. va I.J.lar bilan o‘zaro tortishib qolgan. O.Q. janjalda I.J.ni yuz qismiga urgach, o‘rtada janjal yuzaga kelib, janjalga X.Yo. ham qo‘shilgan.
Mazkur holat Qarshi tumani IIB navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilib, tuman IIB huzuridagi TB tomonidan fuqarolar O.Q va X.Yo.ga nisbatan O‘z R JKning 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshida sport ustasi Elbek Rahimov bir necha kishi tomonidan o‘ldirib ketilganligi xabar berilgandi.
Oradan bir kun o‘tib, Qarshi shahrida joylashgan savdo do‘konlarining birida pichoq va bitalar bilan qurollanganlar o‘rtasida janjal yuz bergani videosi tarqaldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter