Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasi yonib ketdi

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasi yonib ketdi

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasi yonib ketdi. FVB voqea tafsilotlarini e’lon qildi

7-oktyabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani «Dasht» MFY hududidan o‘tuvchi, «G‘uzor-Qarshi» avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida «Kamaz-512» rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida shoxobcha binosining 22 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan, deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring