Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda ayolni «samosud» qilganlardan biri qamoqqa olindi

Qashqadaryoda ayolni «samosud» qilganlardan biri qamoqqa olindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ayolni bog‘lab qo‘yib vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi va voqea 2022 yilning 9 iyul kuni soat taxminan 23-30 larda Yakkabog‘ tumani, «Yangihayot» MFYda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Viloyati IIB xabar bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan  fuqaro Yu.E, Yu.B va boshqalarga nisbatan O‘zR JKning 138-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Fuqaro Yu.E. O‘zR JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, kelinni kaltaklab qiynoq berganlar orasida uning turmush o‘rtog‘i bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring