Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryodagi vahshiy qotillik ortidan IIB mas’ullariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Qashqadaryodagi vahshiy qotillik ortidan IIB mas’ullariga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Foto: Xabar.uz

Shu yilning 9-dekabr kuni qamashilik erkak Yakkabog‘ tumanidagi ota uyiga ketib qolgan homilador xotiniga qo‘shib, qaynonasi va ikki nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirgani xabar qilingandi.

Shu kuni qamashilik 30 yoshli A.X. oilaviy kelishmovchilik natijasida mart oyida ota uyiga — Yakkabog‘ tumaniga ketib qolgan xotini M.M.dan (25 yosh) qasd olish uchun keladi. Yarim kechasi  devordan oshib tushib, uyda uxlab yotgan homilador xotini, qaynonasidan tashqari sakkiz va olti yashar ikki bolani ham o‘zi bilan olib kelgan ikkita oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldiradi.

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, mazkur jinoyatning sodir etilishiga va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan Yakkabog‘ tumani IIB mas’ul xodimlariga hamda Yakkabog‘ tumani, «Eski Yakkabog‘» MFY  va Qamashi tumanidagi «Qiziltepa» MFY mas’ullariga nisbatan idoraviy xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring