Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda voyaga yetmagan haydovchi uch qizni urib ketdi, ulardan biri vafot etdi

Qo‘qonda voyaga yetmagan haydovchi uch qizni urib ketdi, ulardan biri vafot etdi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘onada voyaga yetmagan haydovchi uch nafar 10 yoshli qizni urib ketdi. Hodisa joriy yilning 20 may kuni soat 16:00 da Qo‘qon shahar A.Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Voyaga yetmagan Z.A. «Malibu 2» rusumli avtomashinani  boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan uch nafar voyaga yetmagan qizni urib yuborgan. Rasmiy ma’lumotda haydovchining yoshiga aniqlik kiritilmagan.

Oqibatda qizlardan biri olgan tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring