Bog‘chadagi yana bir o‘lim: Samarqandda 3 yoshli bola suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi
Samarqand viloyatida yosh bola o‘limi bilan bog‘liq yana bir fojiaviy holat sodir bo‘ldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 5 iyun kuni Payariq tumani, Sarbazor mahallasida joylashgan «Yulduzcha» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi, 2023 yilda tug‘ilgan R. M. muassasa yonidagi umumta’lim maktabi hududida favqulodda holatlarda foydalanish uchun qurilgan suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etdi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan bir necha kun avval Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada ham 3 yoshli qiz vafot etgan edi. Bog‘cha haydovchisi tomonidan uyidan sog‘-salomat olib ketilgan qizaloq avtomobilda unutib qoldirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter