Samarqandda sodir bo‘lgan kuchli sel tafsilotlari ochiqlandi
![Samarqandda sodir bo‘lgan kuchli sel tafsilotlari ochiqlandi](https://xabar.uz/static/crop/2/8/920__95_2899482204.jpg)
Tarmoqda kuchli sel kelib, mashinalarni oqizib ketgani tasvirlari tarqaldi.
Kecha, 9-may kunidan 10 may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati, Samarqand tumanida qisqa muddatli ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida ushbu hududidan oqib o‘tuvchi soyga yomg‘ir suvlari sig‘may, toshib chiqish holati yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida taxminan soat 23:30 larda ushbu maxallada yashovchi fuqaro M.Aga tegishli bo‘lgan Jiguli «VAZ-21011» rusumli avtomobil yashash uyi yaqinidagi soy suv yo‘lida qolganligi sababli kelayotgan yomg‘ir suvlari uni taxminan 40-50 metr masofaga surib borgan, natijada avtomobilga qisman zarar yetgan, deyiladi FVV ma’lumotida.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan tuman FV bo‘limiga fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter