Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samolyotini adashtirib yuborgan yo‘lovchi dunyoning boshqa chekkasiga borib qoldi

Samolyotini adashtirib yuborgan yo‘lovchi dunyoning boshqa chekkasiga borib qoldi

Foto: Getty Images

United Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchisi samolyotini adashtirib yuborib, dunyoning boshqa bir chekkasiga borib qoldi.

U o‘tirgan samolyot Los-Andjelesdan Managua (Nikaragua)ga parvoz qilgan, reja bo‘yicha Hyustonga qo‘nib o‘tgan. Ammo ikkinchi parvozda samolyot uch soat o‘rniga olti soat uchganidan diqqati oshgan yo‘lovchi bort kuzatuvchisiga murojaat qilib, reysni adashtirib yuborganini bilgan.

Shu tariqa u Markaziy Amerika o‘rniga Tokioga kelib qoldi. Aviakompaniyaning Managuagacha navbatdagi reysi aniq bo‘lgunicha u Yaponiya poytaxtida ikki oqshom qolib ketdi. Kompaniya anglashilmovchilik uchun kechirim so‘rab, unga 1000 dollarlik sertifikat sovg‘a qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring