G‘azoda Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvda 17 falastinlik halok bo‘ldi
Bugun, 31-mart kuni G‘azo sektorida Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvda 17 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 1400 kishi jarohatlandi. Bu haqda Falastinning BMTdagi vakili Riyod Mansur ma’lumotiga asoslanib, «CNN» rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Isroil rasmiylarining ma’lum qilishicha, o‘n minglab falastinlik namoyishchilar Isroil va G‘azo sektori chegarasida Isroil qurolli kuchlari bilan to‘qnash kelgan. Falastinliklar namoyishi «Qaytarish marshi» deb nomlangan. Chegara devori bo‘ylab Isroil harbiylari va falastinliklar to‘qnashgach, vaziyat qonli tus olgan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi yosh yigitlar ekanligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter