Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Lacetti» va o‘smir boshqaruvidagi «BYD» to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda «Lacetti» va o‘smir boshqaruvidagi «BYD» to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: Videodan kadrlar

Toshkentning Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Hodisa 16-iyun kuni soat 03:10 atrofida Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Uchtepa tumanida joylashgan chorrahada sodir bo‘lgan. 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Lacetti» avtomobili chorrahada keskin chapga burilgan vaqtda qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan «BYD» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «BYD» avtomobilini haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs boshqargan.

Oqibatda «Lacetti» haydovchisi hamda 1999 va 2004-yillarda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring