Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 6 nafarga yetdi

Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 6 nafarga yetdi

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbulda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.

Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirga vaqtga ko‘ra, qalbaki spirtli ichimliklar iste’mol qilish oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafar (besh erkak va bir ayol)ga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avval Andijon va Samarqandda ham fuqarolar spirtli ichimlik sabab vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring