Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uychida 25 ming dollarlik «savdo» barbod bo‘ldi

Uychida  25 ming dollarlik «savdo» barbod bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Uychida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 25 ming dollarlik savdoning «beliga tepishdi». Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gap shundaki, S.J. va B.K. oldindan til biriktirib, fuqaro B.O.ga umumiy vazni 266,48 gramm bo‘lgan uch dona «Plat»  nomli metallni qimmatbaholigiga ishontirib, sotishmoqchi bo‘lishadi. Metallning  har grammini 900 ming so‘mdan hisoblab, jami 25 000 AQSh dollariga  baholanadi, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanadi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qonunbuzarlardan olingan uch dona qizg‘ish rangli quyma metall bo‘laklari tarkibida qimmatbaho metallar mavjud emasligi aniqlangan.

Holat yuzasidan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 168˗moddasi 4˗qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring