O‘zgidromet ogohlantiradi: 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
O‘zbekistonning ba’zi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet tezkor axborot berdi.
2025 yil 31 dekabrdan 2026 yil 5 yanvarga qadar kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning quyidagi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan:
🔹Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
🔹Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter