Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ichki ishlar inspektori 7,5 ming dollar olayotganda ushlandi

Toshkentda ichki ishlar inspektori 7,5 ming dollar olayotganda ushlandi

Foto: Xavfsizlik

OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy tarzda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Xususan, 1997-yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni go‘yoki Rossiya Federatsiyasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birida 2 yil o‘qiganligi to‘g‘risidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtda joylashgan xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilib, 7500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxsdan 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 1993 y.t. fuqaro ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMBning inspektor-psixologi ham aloqadorligi aniqlandi va tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada, inspektor ham 7500 dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring