Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Qozog‘iston. Jambuldagi YTHda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

Yana Qozog‘iston. Jambuldagi YTHda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

Kecha, 21-aprel kuni soat 07:40 da Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani hududidan o‘tuvchi «G‘arbiy Yevropa - G‘arbiy Xitoy» avtomobil yo‘lining 205 km. da «Olmaota-Chimkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Mersedes Sprinter» mikroavtobusi to‘kilgan tosh uyumiga urilib, halokatga uchragan.

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mikroavtobusda 19 kishi bo‘lib, ularning 17 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 2 nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 8 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma’lumotlarga asosan, halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va bir nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, sakkiz nafar jabrlanganlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Jabrlanganlar Jambul viloyatining Korday markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.

YTH natijasida halok bo‘lganlar:

Madatov Sh., 1977-y.t.
Teshabuyev A., 1971-y.t.

Jabrlanganlar:

Nurpeisov M., 1965-y.t.
Jamalov I., 1971-y.t.
Xakimov A., 1969-y.t.
Kalmurzayev B., 1994-y.t.
Xusanov E., 1986-y.t.
Davronov X., 1976-y.t.
Madatov A., 1968-y.t.
Madatov D., 1981-y.t.

Halok bo‘lganlarning jasadi Jambul viloyatining Korday markaziy shifoxonasida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tezkor raqamlari (+998 71) 147-10-50.

O‘zbekiston Respubliksining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring