Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangihayotdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in yuz berdi

Yangihayotdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in yuz berdi

Foto: FVV

Toshkentning Yangihayot tumanidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. 

 Bugun, 19-aprel kuni Toshkent shahar Yangihayot tumani, Daryo bo‘yi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilgan. 

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. 

Ayni paytda yong‘in bartaraf etilib, vaziyat FVV va Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Jabrlangan va qurbonlar yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring