Yangihayot tumanida ehson qutisini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlab ketgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘layotgandi. Toshkent shahar IIBB mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 28-yanvar kuni soat taxminan 18.00 larda noma’lum shaxs poytaxtning Yangihayot tumani, «Tashabbus» mahallasi hududidagi do‘konlarning biri oldida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan fuqaro D.I. aniqlanib, qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter