Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘l talashgan avtomobil odamlari bilan ag‘darilib ketdi

Yo‘l talashgan avtomobil odamlari bilan ag‘darilib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryoda ayollar va yosh bolalarni olib ketayotgan moshina yo‘l talashib jarlikka quladi» mazmunida video tarqaldi. Holat bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 1 avgust kuni soat 15:00 larda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, «Xonjiza» mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-107 avtomobil yo‘lining 30-kilometrida haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.Ch. «UAZ» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi «UAZ» rusumli transport vositasini quvib o‘tayotgan vaqtda avtomobilning o‘ng tomoni to‘qnashgan. Natijada haydovchi Sh.Ch. rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida haydovchi Sh.Ch.ning 6 nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ketishga ruxsat berilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring