Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«50 ming $ pora ishi»da Toshkent shahar hokimligi mas’ulining ham «qo‘li bor»ligi ochiqlandi

«50 ming $ pora ishi»da Toshkent shahar hokimligi mas’ulining ham «qo‘li bor»ligi ochiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda hamon muhokama qilinmoqda. Ayni holat bo‘yicha bildirilishi kerak bo‘lgan rasmiy munosabat «dam yeb» qolayotgani esa turli gap-so‘zlar kuchayishiga sabab bo‘layotgani ham bor gap.

Nihoyat, «Xabar.uz» bir necha urinishdan so‘ng Bosh prokuratura matbuot xizmatidan «50 ming $ pora ishi» bo‘yicha ma’lumot olishga muvaffaq bo‘ldi. Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan xabarlar rost.

Aytilishicha, shu yilning 22 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga Chilonzor tumanidagi 1 gektar futbol maydoni (bir sotixi 14.000 AQSh dollaridan baholanib) jami 1 million 400 ming AQSh dollariga sotish rejalashtirilayotgani, mazkur «savdo» boshida Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.A. (1968-y.t.) va Chilonzor tuman hokimligi investitsiya va turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i X.Sh. (1985-y.t.) turgani haqida tezkor ma’lumot kelib tushadi.

Dastlabki surishtiruvda «yer egalari» shu joyga qiziqqan tadbirkordan 50 ming AQSh dollarini avval («zakalat» tariqasida), qolganini bir hafta ichida, ya’ni hujjatlar tayyor bo‘lganidan so‘ng berishni talab qilishayotgani aniqlanadi.

Holat bo‘yicha shu yilning 24-iyun kuni DXX Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tadbirda B.A. 50.000 AQSh dollarini olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanadi. 

Qo‘lga olingan pullarni Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i X.Sh.ga olib borib berishi lozimligini aytganidan so‘ng tezkor tadbir davom ettiriladi. Va ertasi kuni X.Sh. «hamkori» B.A.dan  50.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda u ham qo‘lga olinadi.

Ayni paytda holat bo‘yicha pora olish (JK, 210-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilish (JK, 212-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilgan.

Gumondorlar hibsda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring