Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ahmadboy ustidan to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda

Ahmadboy ustidan to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda

«Ahmadboy» nomi bilan tanilgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi hukm chiqargan edi. Unga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi. Shuningdek, bir yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanib, eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Mazkur hukm hali sovub ulgurmay, A. Tursunboyev va boshqalarga nisbatan navbatdagi sud jarayoni o‘tkazilib, navbatdagi hukm ham chiqarilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar A. Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi X.Shermuhamedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar A.Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Sud jarayoni davom etyapti.

Keyingi sud majlisi ertaga, 30 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring